SOHIBQIRON YULDUZI JURNALI HAQIDA  MA’LUMOTLAR

Ijtimoiy-tarixiy, tarixiy va ommabop jurnal

Ijtimoiy-tarixiy, tarixiy va ommabop jurnal 2010 yildan boshlab chiqarilmoqda

Ismoil aka Tо‘xtamishev hayotlik davrida ham kо‘p va xо‘p savobli ishlarga qо‘l urdi. Va u sabab boshlangan ezgu ishlar, nashr etilgan kitoblar, «Sohibqiron yuldu­zi» jurnali bugun ham marhum haqida savob yozmoqda.
«Sohibqiron yulduzi» jurnali 2010 yilda tashkil etilgan. Nashr bugun ham dolzarbligini, ahamiyatini yо‘qotmagan. Jurnalning salohiyatini oshirish uchun О‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, О‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Islom universiteti professor-olimlari va boshqa kо‘plab nufuzli tashkilotlar mutaxassislari bilan yaqin hamkorlik о‘rnatildi, ularning maslahati, tavsiyalari bilan ish tutildi.
Ta’kidlash joizki, Sohibqiron nomi bilan, Amir Temur faoliyatiga oid dunyo bо‘yicha ikkita jurnal mavjud. Biri Fransiyada bо‘lsa, ikkinchisi «Sohibqiron yulduzi». Fransiyada bobokalonimiz faoliyati bо‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, u yerdagi olimlar, mutaxassislar bilan ham yaqin aloqalar yо‘lga qо‘yilgan. Ularning asarlari tarjima qilinib jurnalda chop etilmoqda. Bu orqali esa Yevropa va о‘arb davlatlarida ham Sohibqiron Amir Temur hayoti, faoliyati, bu boradagi tadqiqotlar tanishtirib borilmoqda.
Jurnal О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi rayosatining 2018 yil 29 dekabrdagi 260/7-sonli qarori bilan «Tarix» fanlari bо‘yicha ilmiy jurnallar rо‘yxatiga kiritildi. Bu ham ilm yо‘lidagi jonkuyarlarni qо‘llab-quvvatlash desak mubolag‘a bо‘lmaydi. Bugungi kunga qadar yosh olim va tadqiqotchilarning kо‘plab ilmiy maqolalari jurnalda chop etilishi orqali, yangi izlanishlar, ixtirolar, ilmiy yangiliklarga qо‘l urildi.